Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Agar abituriyentning telefon raqami kuyib ketgan yoki almaşgan bölsa, nima qiliş kerak?

Foto29-iyul, 2025, 18:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Agar abituriyentning telefon raqami kuyib ketgan yoki almaşgan bölsa, nima qiliş kerak?
#abituriyent

✅ JAVOB: Agar abituriyentning röyxatdan ötişda işlatgan telefon raqami kuyib ketgan, yöqolgan, özgargan bölsa hamda eski raqamini qayta tiklaşning imkoni bölmayotgan bölsa, unda unda yönaliş tanlaş huquqidan foydalana olmay qoladi. Çunki yönaliş tanlagandan keyin uni tasdiqlaş uçun SMS-kodni kiritiş talab etiladi.

Bunday vaziyatdagi dastlabki qilinadigan iş — şaxsiy kabinetiga parol bilan kira oladimi yoki yöqmi, şuni aniqlaş.

Agar abituriyent parolini eslay olsa, unda my.uzbmb.uz saytiga kirib, şaxsiy kabinetini oçadi. Va yuqori öng burçakdagi rasmining ustiga bossa, menyu oçiladi. Şu yerda “Telefon raqamini özgartiriş” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) sahifasi mavjud. Öşa yerga kirib, yangi telefon raqamini kiritadi. Tasdiqlaş uçun SMS-kodi ham yangi telefon raqamga keladi. Qarabsizki, telefon raqam özgaradi.

Agar şaxsiy kabinetiga kiriş parolini eslay olmayotgan bölsa, unda "OneID orqali kiriş" tugmasi orqali kiriş qilsa ham böladi. OneID tizimi orqali şaxsiy kabinetga kirilganidan söng, yuqorida aytilgan körsatma orqali telefon raqamni yangisiga almaştiriş mumkin.

Agar OneID orqali ham kira olmasa, yoki u yerdagi login-parolini ham eslay olmasa, ana unda uçinçi va eng oxirgi yöl qoladi. Bu — Bilimlarni baholaş agentligi yoki ularning hududiy bölimlariga abituriyentning şaxsan özi ID-karta yoki pasporti bilan borib, murojaat qilişi kerak. Şunda agentlik xodimlari şaxsiy kabinetiga ulangan telefon raqamni boşqa faol raqamga almaştirib berişadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek