Adolatning kuçi haqida
Adolatning kuçi haqida
(bu yerda adolat qiz bolaning ismi emas)
Agar xalq adolatni his qilsa, juda köp muammolarga sabr bilan çiday oladi. Töğri, muammolardan norozi bölib, eʼtirozini baralla aytadiganlari ham köp bölişi tabiiy, çunki xalq bu yaxlit tana emas, 37 million xil insondan tarkib topgan. Ammo gapirib-gapirib, baribir muammolarga sabr qilişda, tişini-tişiga qöyib, turmuş taşvişlari bilan öralaşişda davom etaveradi. Axloqsizlikka ötmaydi. Dardini aytib, sal yengillaşişi mumkin, çunki bu jinoyat emas.
Ammo xalq adolatni his qilmasa, har qadamda adolatsizlikni körsa, unda bu yomon. Bunaqada taranglaşgan asablar axloq çegarasini kesib ötadi, oqibati kafolatlanmagan.
Oğzidan şodi kirib, bodi çiqqan hokimlar bitta uzr bilan qutulsa, özining vakolati doirasidan çiqib, qonunlarga tupurib qöyadigan ayrim masʼullar oddiy ogohlantiriş bilan çeklansayu, lekin uzoq vaqt metanda navbat kutib, endi navbati kelganda "zapravka" yopilib qolganidan fiğoni kökka çiqqan, botinkasi teşik oddiy bir xalq vakilini qamab qöyişsa, beçora Yangi yil bayramini oila davrasida emas, panjara ortida kutib olsa, bunda xalq adolatsizlik köradi. Va bu adolat ham emas, albatta.
Yilni katta xato bilan boşladik. Afsus, ming afsus. Ziğirçalik foydasi bölmagan, ammo xalqning davlatga bölgan işonçi nuqtayi nazaridan juda katta zarar olib keladigan uşbu taşabbus kimdan çiqqanini bilmayman. Ammo bu xatoning örnini qoplaş uçun juda köp iş qilinişi kerakligini aniq bilaman.
Afsus, ming afsus...
👉 @xushnudbek 👈
- 330 Telegram Stars


