73,5 foiz ota-onalar maktab avtobuslari tizimi joriy etilişini xohlaşgan
🚍 73,5 foiz ota-onalar maktab avtobuslari tizimi joriy etilişini xohlaşgan
Toşkent şahridagi maktablarda öquvçilarning xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlaş uçun School Bus tizimini joriy etiş böyiça örganiş işlari boşlandi.
Hozirgaça öquvçilar soni köp va tizimga ehtiyoj yuqori deb baholangan 29 ta maktabda 58 ming 369 nafar öquvçining oila aʼzolari yoki vasiylari örtasida sörov ötkazildi. Iştirokçilarning 73,5 foizi maktablar uçun maxsus avtobus qatnovlarini taşkil etişni istagan.
Dastlabki natijalarga köra, öquvçilarning:
— 38,5 foizi maktabga piyoda keladi;
— 33,1 foizi ota-onalari tomonidan şaxsiy avtomobilda olib kelinadi;
— 18,3 foizi avtobusdan foydalanadi;
— 5,7 foizi taksidan foydalanadi;
— 3,5 foizi metro orqali qatnaydi;
— 0,9 foizi mikromobil vositalardan foydalanadi.
📋 Sörov qolgan maktablarda ham davom ettiriladi. Yakuniy natijalar asosida öquvçilar oqimi, yönalişlar, ehtiyoj mavjud avtobuslar soni, harakat jadvali, xavfsiz tuşiriş va olib ketiş nuqtalari hamda boşqa taşkiliy masalalar örganiladi.
👉 @xushnudbek 👈
