5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun 2024-yilgi kvotalar taqsimoti eʼlon qilindi
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
PDF · 159 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent
✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UÇUN
(500 ta tölov-kontrakt uçun)
Imtiyoz qöllanişi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477
❗️Bir narsani yodda tuting: uşbu qöşimça kvotalar faqat tölov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kiriş huquqini bermaydi.
Uşbu tavsiyanoma barça taʼlim şakllari uçun taalluqli. Kunduzgi, sirtqi, keçki va masofaviyni tanlaş mumkin.
‼️Uşbu tavsiyanoma faqat birinçi yönalişga ötadi. Ikkinçi va undan keyingi yönalişlar uçun kvota berilmaydi.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, ÖzMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uçun 12 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz ÖzMUni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.
Eng avval öşa 30 nafar abituriyent özi töplagan ball böyiça umumiy tanlovda qatnaşadi. Agar özining bali tanlagan beşta yönalişidan qaysidir biriga kirişga yetsa, unda bor baraka, öşa yerda öqiyveradi, ularga tavsiyanoma qöllanmaydi.
Masalan, 30 kişidan 15 nafari öz kuçi bilan öqişga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yönalişidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov böladi. Bunda töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 12 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi.
❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qöşib beradimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


