Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

5-oktyabrdan söng «Umra» tadbirlarini faqat maxsus litsenziyasi mavjud turoperatorlar taşkil qila oladi

Matn26-sentabr, 2024, 16:421 daqiqa0 koʻrish

❗️5-oktyabrdan söng "Umra" tadbirlarini faqat maxsus litsenziyasi mavjud turoperatorlar taşkil qila oladi

Din işlari böyiça qömita bu haqda alohida ogohlantiriş eʼlon qildi. Unda aytilişiça, tegişli litsenziyasi bölmagan turoperatorlar oktyabr-dekabr oylarida Umra ziyoratiga yuboriş böyiça xizmatlarni keng reklama qilmoqda.

Vaholanki, 2024-yil 2-iyuldagi qonunga binoan, 5-oktyabrdan boşlab “Umra” tadbirlarini taşkil etiş uçun alohida litsenziya oliş talab etiladi.

2024-yil 5-oktyabrdan söng litsenziyasiz “Umra” xizmatini körsatiş böyiça barça turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

Litsenziyasiz faoliyat yuritganlik uçun BHMning 200 baravari (68 mln söm) miqdorida jarima solinadi.

“Umra” ziyoratiga borişni niyat qilgan fuqarolar xizmat körsatuvçi turoperator tanlayotganda litsenziyasi bor yoki yöqligiga albatta eʼtibor qaratişlari lozim. Şunda muammolarga duçor bölişmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek