426 nafar şaxs afv etildi
426 nafar şaxs afv etildi
Şavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nişonlaş arafasida jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 426 nafar şaxsni afv etiş haqidagi farmonni imzoladi.
Afv etilgan şaxslarning 135 nafari asosiy jazodan töliq ozod etildi, 200 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi. Şuningdek, 65 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 11 nafarini çet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar, 157 nafarini yoşlar (şulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈

