Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

30-mart, Ramazonning 8-kuni: Hilm va hayo xislatlari haqida

Matn30-mart, 2023, 18:021 daqiqa0 koʻrish

30-mart, payşanba (8-kun)
Iftorlik vaqti: 18:47 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Aşajj Abdulqaysdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga:
“Sening Alloh yaxşi köradigan ikkita xulqing bor”, dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, ikkisi nima?» dedim.
“Hilm va hayo”, dedilar.
«(Ular menda) qadimdanmi yoki yangi paydo bölganmi?» dedim.
“Qadimdan”, dedilar.
“Meni Özi yaxşi körgan ikki xulq bilan yaratgan Allohga hamdlar bölsin!” dedim».

📖 Şarh: Uşbu hadisi şarifda ikki yaxşi xislat “Alloh yaxşi körgan sifatlar” deya madh qilinmoqda.
“Hilm” şoşmasdan, oqilona iş tutiş va yomonlik qilganga yomonlik qaytarmaslik maʼnolarini bildiradi.
“Hayo” sözi luğatda uyatsizlikning teskarisini anglatadi. Boşqaça qilib aytganda: “Hayo aybdan va yomonlanişdan qörqib, özini past oliş va özgarişdir”.

Bu ikki xulq Alloh taolo yaxşi köradigan sifatlardandir. Har birimiz bu sifatlar bilan sifatlanişga harakat qilişimiz lozim.

Kim halim bölsa, hayoli bölsa, Alloh taolo yaxşi köradigan sifatlarga ega bölar ekan. Kim özida bu ikki sifatni jamlasa, yana ham uluğ martabaga erişar ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek