299 ta AYOQŞga benzin yetkazib beriş töxtatilgan
Özneftgazinspeksiyaning maʼlum qilişiça, narxni oşirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQŞga benzin yetkazib beriş töxtatilgan.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda viloyatidagi AYOQŞlarda AI-80 benzin 8 ming sömdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat örganilganda, Termiz şahridagi “DON” xususiy firmasiga tegişli AYQŞ haqiqatdan ham narxni asossiz oşirgani tasdiqlangan va mazkur AYOQŞga benzin yetkazib beriş töxtatilgan.
Özbekistondagi 2000 dan ortiq AYOQŞlarga kuniga örtaça 3200 tonna benzin örniga 4 ming tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda. Gaz töldiriş şoxobçalaridagi vaqtinçalik çeklovlar avtobenzin narxining oşişiga olib kelmaydi, deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈

