Ramazon
29-mart, şanba (oxirgi kun)
Foto29-mart, 2025, 18:151 daqiqa0 koʻrish
29-mart, şanba (oxirgi kun)
Iftorlik vaqti: 18:48 (Toşkent vaqti)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kunning - Azho va Fitr kunining rözasidan nahiy qildilar».
Beşovlari rivoyat qilganlar.
📖 Şarh: Demak, Qurbon hayiti hamda Ramazon hayiti kunlari röza tutib bölmaydi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Hadis va hayot" turkumining 9-juzi - "Röza" kitobidan.
❓Hayit kuni röza tutib, namozdan keyin oçiladimi?
Negadir köpçilik orasida şunaqa qaraş bor. Ulamolar buni notöğriligini doim taʼkidlab kelişadi. Hayit kuni umuman röza tutilmaydi. Hayit bu bayram, ikkala hayitda ham bayram qiliş, noz-neʼmatlardan taomlaniş kerak. Yuqoridagi suratdan anglaşiladiki, Ramazon hayiti namoziga, aksinça, nimadir yegan holda çiqiş kerak.
👉 @xushnudbek 👈


