Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

27-mart, çorşanba (17-kun): Çaqimçilikning yomon oqibatlari haqida hadis

Matn27-mart, 2024, 18:042 daqiqa0 koʻrish

27-mart, çorşanba (17-kun)
Iftorlik vaqti: 18:45 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hammamdan rivoyat qilinadi:

«Huzayfa bilan birga edik. Unga:

«Bir odam Usmonga gap taşib yuradi», deyişdi.

Şunda Huzayfa:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Çaqimçi jannatga kirmaydi», deganlarini eşitganman», dedi».

📖 Şarh: Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu eng uluğ sahobalardan hisoblanadilar, u kişiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam köp sirlarini, jumladan, öşa paytdagi munofiqlarni nomma-nom aytib berganlar, fitnalar haqida xabar berganlar. Bu zot köp sirlarni bilardilar, biroq heç kimga aytmaganlar.

Albatta, çaqimçilik nihoyatda yomon iş. Çaqimçi faqatgina bir kişini boşqasiga yomon körsatib, şundan biror manfaat oliş bilan çegaralanib qolmaydi. Çaqimçilik qilinganda bir odamga ikkinçi odam haqida yomon xabar keladi.

Natijada ikkinçi odam ham birinçi odam haqida yomon sözlaydi, şu tariqa bunday adovat butun jamiyatga tarqalib, jamiyatning hamma aʼzosi bir-birini çaqadigan, bir-biriga ğazab qiladigan va bir-birining orqasidan yomon gapiradigan bölib qoladi. Orada döstlik, birodarlik, özaro hamkorlik, yaxşilik qiliş, jamiyat manfaati uçun iş qiliş tamoman yöqoladi.

Hamma bir-birining orqasidan poylaş, çaqimçilik bilan bir-birini doğda qoldiriş, çaqimçilik qilib, mukofot oliş, özining mavqeini yaxşilaş tomonga ötib ketadi.

Jamiyatning manfaatini öylaş, birovlarga yaxşilik qiliş mutlaqo unutiladi.

Şuning uçun bu işning gunohi kabiralardan ekani va çaqimçilik qilgan odam jannatga kirmasligi dinimizda qatʼiy belgilab qöyilgan. Mana şuning özi, bu narsa oğzaki gap bölsa ham, çaqimçilikning naqadar xatarli ekanini körsatadi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek