Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

27-fevral, juma (9-kun): Taom yeyiş odoblari

Matn27-fevral, 2026, 05:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

27-fevral, juma (9-kun)
Saharlik vaqti: 05:43
Iftorlik vaqti: 18:15 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

TAOM YEYIŞ ODOBLARI

Taom tanovul qilişdan oldin ikki qöl yuviladi.

Islomda taomdan oldin ikki qölni yuviş diniy taʼlimotlar orasiga qöşilgan va u «baraka» deb atalgan.

Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Taomning barakasi undan oldin (ikki qölni) yuvişdir va undan keyin (ikki qölni) yuvişdir», dedilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Olim va katta yoşdagi kişilar taom tanovul qilişni boşlamagunlariça, boşqalarning kutib turişi yuksak odob namunalaridandir.

Bu odobni boşqa odoblar qatori, bolalarga ham yoşliklaridan örgatib boriş kerak. Baʼzi xalqlarda uşbu odob allaqaçon unutilib qolgan. Bizda unga amal qiliş hozir yaxşi darajada, deya olamiz. Faqat bu odobga amal qilişda bardavom böliş kerak.

Taom tanovul qilişni boşlaşda «bismillah» aytiladi.

Dinimizda barça yaxşi amallar tasmiya («bismillah») bilan boşlangani kabi taom isteʼmol qiliş ham Allohning nomi ila boşlanadi.

Taom öng qöl bilan yeyiladi.

Payğambarimiz Muhammad alayhissalom barça işlarni öngdan boşlaşni yaxşi körar, jumladan, taomni ham öng qöllari bilan yer edilar.

Har kim öz oldidan yeydi.

Taom lagan kabi idişda keltirilsa, har kim öz oldidan yeydi, birovning oldidagi taomga qöl uzatmaydi. Çunki birovning oldidagi taomga qöl uzatiş ğirt beodoblikdir.

Qöl bilan yeganda, taom uçta barmoq bilan olinadi.

Bundan köp barmoğini işga soliş oçközlikdir.

Kaʼb ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uçta barmoqlari bilan yer edilar va qöllarini artişdan oldin ularni yalar edilar».

Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek