26-mart, yakşanba (4-kun): Munofiqda jam bölmaydigan ikki xislat
26-mart, yakşanba.
Saharlik vaqti: 04:58
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toşkent vaqti)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ikki xislat munofiqda jam bölmaydi: gözal şakl va dinda faqih böliş”, deganlar».
📖 Şarh: Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadisi şariflari xabar şaklida kelsa ham, lekin buyruq maʼnosini ifoda qilmoqda.
U zotning: “Ikki xislat munofiqda jam bölmaydi: gözal şakl va dinda faqih böliş” deganlari “Ey ummatlarim, munofiq bölmayin desangiz, gözal şaklga ega bölişga va dinda faqih bölişga urininglar!” deganlaridir.
Demak, uşbu hadisi şarifni hayotimizga tatbiq qilib, gözal şaklga ega böliş va Islom dinida faqih böliş uçun harakat qilişimiz kerak. Gözal şaklga ega böliş tom maʼnoda gözal bölişdir. Islomda har bir narsa gözal bölişiga tarğib qilinadi. Şuning uçun biz, musulmonlar tom maʼnoda gözal bölişga harakat qilmoğimiz lozim.
Dinda faqih böliş – Islom dinini daqiq tuşuniş esa, ikki dunyo saodatimiz uçun nihoyatda zarurdir. Dinda faqih böliş iymon nima-yu kufr nima, Islom nima-yu nifoq nima, savob nima-yu gunoh nima, halol nima-yu harom nima, jannat nima-yu dözax nima, jannatga nima bilan erişiladi-yu, dözaxga tuşişga nima sabab böladi kabi va şunga öxşaş muhim masalalarni töliq biliş deganidir.
Biz, musulmonlar munofiq bölmaylik, desak, uşbu hadisi şarifda körsatilgan ikki narsani özimizda jam qilişga urinişimiz lozim. Bu bilan esa ikki dunyomiz saodatini taʼminlagan bölamiz.
"Hadis va hayot" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈


