Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

25-mart, şanba: Islomni çiroyli qiliş va amallar mukofoti

Matn25-mart, 2023, 04:101 daqiqa0 koʻrish

25-mart, şanba.
Saharlik vaqti: 05:00
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaçonki, birortangiz Islomini çiroyli qilsa, uning qilgan har bir yaxşi amali ön mislidan yetti yuz barobargaça köpaytirib yoziladi. Qilgan har bir yomon amali esa öz misliça yoziladi”, dedilar».

Boşqa bir rivoyatda:

“Faqat Alloh uni ötib keçib yuborsa (yozilmaydi)”, deyilgan.

Ikki Şayx rivoyat qilişgan.

Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam uşbu hadisi şariflarida biz ummatlarini muxlis musulmon bölişga tarğib qilmoqdalar. Çunki öta muxlis musulmon bölmay turib, heç kim öz Islomini çiroyli qila olmaydi. Ötgan hadislarning birida kişi Islomining çiroyli bölişi içdan ham, ustdan ham Islomning hamma talablariga javob bera oladigan bölişi bilan amalga oşişini örgangan edik.

Inson öz Islomini çiroyli qilganda esa katta va ulkan mukofotga sazovor bölar ekan. Bu mukofot esa ikki tomonlama böladi:
1. Uning qilgan har bir yaxşi amali ön barobardan yetti yuz barobargaça köpaytirib yozilar ekan.
2. Uning qilgan har bir yomon amali öz misliça, köpaytirilmasdan yozilar yoki Alloh xohlasa, keçirib yuborilar ekan. Bu esa albatta, mömin bandaning oliy darajalarga erişişidan dalolat beradi.
Bu hadisi şarifdan olinadigan foydalar oçiq-oydin körinib turibdi. Faqat Islomimizni çiroyli qilişga urinişimiz qoldi xolos.

"Hadis va hayot" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek