Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

26-mart, yakşanba (4-kun): Ramazon taqvimi va hadis şarhi

Matn26-mart, 2023, 18:001 daqiqa0 koʻrish

26-mart, yakşanba.
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, Alloh sening irşoding ila bir kişini hidoyat qilmoği sen uçun qizil tuyalardan köra yaxşiroqdir”, dedilar.
Uçovlari rivoyat qilganlar.

📖 Şarh: Uşbu hadisi şarifda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam kişilarga din ahkomlarini örgatiş, ularni hidoyatga boşlaş naqadar savobli va uluğ iş ekanligini bayon qilmoqdalar. U zot sollallohu alayhi vasallam bu hadisni hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga u kişini Haybarga yuborayotib aytganlar.

Maʼlumki, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam har qanday narsaga qasam içavermaydilar. Ammo bu hadisda kötarilayotgan masala öta muhim bölganligi uçun uni “Allohga qasamki”, deb boşlaganlar.

Arablarda öşa paytda eng gözal va mötabar mulk – ayni yetilib, qizğiş tusga kirgan tuya hisoblangan. Bu bilan Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Aliga: “Ey Ali, sening bir odamni hidoyatga kirişiga sabab bölganing eng yaxşi mulk bölmiş qizil tuyalarni sadaqa qilganingdan yaxşiroqdir”, demoqçilar.

Kişilarni hidoyatga boşlaş, ularga ilm örgatiş Islom dinida eng uluğ işlardan. Bu hadisi şarifdan esa bir insonga ilm örgatib, bilmagan narsasini bildirib, xatosini töğrilab, uni töğri yölga irşod qilib qöyiş qançalar savobli iş ekanligini bilib olmoqdamiz.

"Hadis va hayot" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek