Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

22 kişi sudlanuvçi, 107 kişi uy qamoğida, 387 kişi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan

Matn29-noyabr, 2022, 18:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

22 kişi sudlanuvçi, 107 kişi uy qamoğida, 387 kişi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan

Buxoro viloyat sudida Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar böyiça 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayonlari davom etmoqda.

Milliy gvardiya hamda Boş prokuratura masʼullarining iyul oyidagi ommaga eʼlon qilgan maʼlumotlarida namoyişlardagi iştiroki uçun 516 kişi qölga olingani maʼlum qilingan edi. Jamoatçilikda qolgan şaxslar qayerda degan mazmundagi savollar yuzaga keldi.

Mustaqil komissiyaning maʼlum qilişiça, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işi körib çiqilayotgan bölsa, qölga olinganlarning 107 nafari Komissiya taşabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot çorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştirilgan. Qolgan şaxslar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

29-noyabr kungi sud jarayonlarida namoyişlarga boşçilik qilgan Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan guvohlarning fikrlari örganilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek