2027-yildan özini özi band qilganlar uçun ijtimoiy soliq tölaşning yangi tartibi joriy etiladi
2027-yil 1-yanvardan boşlab:
➖ özini özi band qilgan şaxslarning kelgusida pensiya taʼminoti hamda davlat ijtimoiy suğurtasidan foydalanişini kafolatlaş maqsadida ijtimoiy soliqni qatʼiy belgilangan tartibda tölaş tizimi joriy etiladi. Bunda özini özi band qilgan şaxslarga ijtimoiy soliqni yil davomida bölib tölaş huquqi beriladi;
➖ özini özi band qilgan şaxslar tomonidan tölangan ijtimoiy soliqning 10 foiz qismi Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasiga yönaltirilib, örnatilgan tartibda homiladorlik va tuğiş nafaqasi hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi davlat ijtimoiy suğurtasi hisobidan tölab beriladi;
➖ 55 yoşdan oşgan ayollar va 60 yoşdan oşgan erkaklarga örtaça iş haqi saqlangan holda qisqartirilgan iş vaqti joriy etiladi;
➖ kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaşda oila aʼzolarining maqomini belgilaşda 55 yoşdan oşgan ayollar va 60 yoşdan oşgan erkaklardan rasmiy daromad talab etilmaydi.
- 2 Telegram Stars


