Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2026-yil uçun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi
☪️ Özbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2026-yil uçun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi
Unga köra:
● Ramazon oyi uçun tilla qiymatidan zakot nisobi 100 mln söm etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan taşqari 100 mln söm va undan ortiq pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bölsa, jami mablağining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi;
● Fitr sadaqasining miqdori quyidagiça belgilandi:
2 kg buğdoydan – 10 ming söm;
2 kg buğdoy unidan – 12 ming söm;
4 kg arpadan – 20 ming söm;
2 kg mayizdan – 110 ming söm;
4 kg xurmodan – 200 ming söm.
Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu beş mahsulotning xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida berişi mumkin.
● Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil böladi. Har kim öz imkoniyatiga qarab, uşbu beş mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


