2019-yildan buyon 12 mingdan ortiq mulkdorga 3 trl 255 mlrd söm kompensatsiya tölab berilgan
2019-yildan buyon 12 mingdan ortiq mulkdorga 3 trl 255 mlrd söm mablağ xususiy mulk kompensatsiyasi sifatida tölab berilgan
Bu haqda “Twitter”da ötkazilgan audioçatda Moliya vazirligi departament direktori Ruslanbek Mamanov maʼlum qildi.
2018-yil 26-dekabrda davlat va jamiyat ehtiyojlariga olib qöyilgan yer uçastkalari uçun yetkazilgan zararni qoplaş uçun respublika va hududiy jamğarmalar taşkil etilgan. Uşbu jamğarma hisobidan 2019-yildan buyon 12 mingdan ortiq mulkdorga 3 trl 255 mlrd söm mablağ kompensatsiya sifatida tölab berilgan.
Hozirgi tartibga köra, Jamğarmada mablağ yöq bölsa, yer uçastkalari yoki molk-mulklarni olib qöyiş yoki buziş mumkin emas.
2019-yildan oldin buzilgan va kompensatsiya berilmagan mulklarning taqdiri nima böladi?
Agar öşa mulklar baholangan bölsa, sud qarori orqali mahalliy jamğarmalar orqali tölab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


