Ramazon

2-aprel, seşanba (23-kun): Ramazonning oxirgi ön kunligi fazilati

Matn2-aprel, 2024, 18:221 daqiqa0 koʻrish

2-aprel, seşanba (23-kun)
Iftorlik vaqti: 18:51 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qaçon (oxirgi) önlik kirsa, belni mahkam boğlab, keçani tiriltirar va ahllarini uyğotar edilar».

Beşovlari rivoyat qilganlar.

Termiziyning lafzida:

«Oxirgi önlikda undan boşqada qilmagan ijtihodni qilar edilar», deyilgan.

📖 Şarh: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Ramazonning oxirgi ön keçasida belni mahkam boğlab, tunni bedor ötkazişlari, ahli ayollarini ham uyğotib, ibodatga çorlaşlari, öşa keçalarning fazli uluğligidan, ularning içida Qadr keçasi borligidandir.

Biz ham sevikli Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan örnak olib, mazkur keçalarda astoydil bölib, bedorlik bilan ibodat qilişimiz, ahli ayol va atbölarimizni ham Ramazonning oxirgi ön keçasining ibodatiga çorlab, ularni ham xayru baraka va savobdan bahramand bölişga daʼvat qilişimiz lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek