18-oktyabr kuni Londonda «Özbekistonlik» III Xalqaro forumi bölib ötgani haqida
18-oktyabr kuni Londonda “Özbekistonlik” III Xalqaro forumi bölib ötgani va unda motivatsion hujjatli filmning navbatdagi epizodi namoyiş etilganini aytgandik.
Forum haqida 2 oğiz fikrimni bildirmoqçiman. Eng avvalo forumdan közlangan maqsadlar ezgu: xorijdagi özbekistonliklarni Vatan bilan boğlaydigan platformaga aylaniş, mamlakat imijini oşiriş, taʼlim va karyerada yoşlarga motivatsiya beriş, ularga muvaffaqiyatli insonlarning hayot yöli orqali töğri yöl körsatiş va h.k.
Umuman olganda maqsadlarning aksariyatiga erişiş uçun harakat qilinmoqda. Albatta natija balki bittada körinmayotgandir, ammo kiçik bölsa-da, nimalardir qilindi (masalan, hujjatli filmlarni bir neça million inson tomoşa qildi).
Bundan taşqari har safar xorijda taşkil qilingan forumlarda musofirlikda yaşayotgan vatandoşlarimiz yuzma-yuz uçraşib, özaro fikr almaşişmoqda, öziga xos “networking” yölga qöyilmoqda.
Yoki özbek segmentida sifatli motivatsion kontentlar paydo bölayotganini ham alohida taʼkidlaş lozim.
Öz navbatida bu kabi forumlar yanada amaliy manfaatli bölişi uçun taşkilotçilar eʼtibor qilişi kerak bölgan jihatlar ham yöq emas.
Eng avvalo, “Uzbekistan’s club” yuqorida aytilganidek, xorijdagi vatandoşlarimiz bilan Özbekistonni boğlaydigan jonli platformaga aylanişi kerak. Bu borada köp gapirilgan, bir neçta taşkilotlar şu böyiça işlaymiz degan, ammo haligaça amalda xorijdagi özbek diasporasining fikrlari, ğoyalari va taşabbuslarini umumlaştiruvçi, ularning ovozini yetkazuvçi, jamiyatimiz hayotiga integratsiya qiluvçi tizim yöq. Mana şu böşliq töldirilişi kerak;
Ikkinçidan, xorijdagi forumlar imkon qadar rasmiyatçilikdan xoli, asosan xorijdagi yurtdoşlarimiz bilan fikr almaşiladigan, aniq mavzular va yönalişlar böyiça qizğin bahs, muhokama va munozaralar ötadigan işçi tadbirga aylanişi kerak;
Uçinçidan, hujjatli filmlarni davom ettirgan holda, uning yoniga xorijdagi özbeklar iştirokida ilmiy-ommabop mavzudagi podkastlarni (köp vaqt hamda xarajat talab etilmaydigan formatda) qöşiş kerak. Çunki har 2-3 oyda 1 ta videoni kutiş kamlik qiladi. Va bitta videoda hamma fikrni yetkazib ham bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


