15-kun: Salomni tarqatişning fazilati haqida hadis
6-aprel, payşanba (15-kun)
Iftorlik vaqti: 18:55 (Toşkent vaqti)
Barodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Salomni tarqating, salomat bölasiz», dedilar».
📖 Şarh: Salomda «salomatlik» maʼnosi bor. Şuning uçun mömin-musulmonlar bir-birlarini körganda doimo salom berib yursalar, tinçlik, salomatlik bölar ekan.
Islomning tinçlik, salomatlik, birodarlik dini ekanligi mana şu salomlaşişda ham namoyon böladi. Mömin-musulmonlar bunga qatʼiy amal qilişlari, özi oddiy bir narsa bölib köringan bu amalning buyuk bir ahamiyatga molik ekanligini unutmasliklari lozim.
Salomlaşgan odamlar orasida muhabbat hosil böladi.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈


