Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

15-kun: Majlisda özaro muomala odobi haqida hadis

Matn6-aprel, 2023, 04:021 daqiqa0 koʻrish

6-aprel, payşanba (15-kun)
Saharlik vaqti: 04:38
Iftorlik vaqti: 18:55 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdullohdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uç kişi bölsa, uçinçini qöyib ikkitasi piçirlaşmaydi», dedilar».

📖 Şarh: Uçinçi kişidan yaşirib, unga eşittirmaslik maqsadida gapirilgan gapdan öşa kişining köngliga ozor yetadi. Şayton vasvasa qilib, uning xayoliga turli fikrlarni soladi. Natijada mömin kişiga ozor yetadi. Möminga ozor beriş esa haromdir.
Islom madaniyatining majlislar, özaro muomala odobiga oid uşbu namunalarini har birimiz yaxşi örganib olişimiz, bilmaganlarga örgatişimiz lozim.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek