13-kun: Dam oliş joylari va sayrgohlar odobi
3-mart, seşanba (13-kun)
Saharlik vaqti: 05:37
Iftorlik vaqti: 18:20 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
DAM OLIŞ JOYLARI VA SAYRGOHLAR ODOBI
Hozirgi paytda dam oliş joylari va oromgohlarga eʼtibor kuçaydi. Bu bilan barobar mazkur joylarga boğliq muammolar ham paydo böldi. Bu muammolarning eng asosiylaridan biri dam oliş joylari va sayrgohlarda odamlarning odob-axloqlari, özlarini tutiş madaniyatiga oid muammolardir. Baʼzi tarbiya körmagan kişilarning mazkur jamoatçilik joylarida özlarini tuta bilmasliklari, bir-birlariga ozor berişlari, turli beodobliklarga yöl qöyişlari köpçilikni ranjitayotgani heç kimga sir emas.
Öz-özidan: musulmon odam dam oliş joylari va saylgohlarda qanday odoblarga rioya qilişi kerak, degan savol paydo böladi. Quyida ana şunday savollarga javob izlaşga harakat qilinadi.
Dam oliş joylari va sayrgohlar odoblaridan biri munosib joy tanlaşdir.
Musulmon inson özining dam olişi va sayr qilişi uçun avvalo munosib joy tanlaşga harakat qiladi. Joy tanlanayotganida, albatta, uning harom-hariş va gunoh işlardan xoli joy bölişiga alohida eʼtibor beriladi.
Ibodat va odoblarni unutmaslik
Dam oliş çarçoq, asabiylik va boşqa köngilsizliklarni ketkaziş işlariga boğliq böladi. Ammo dam olişda Alloh taolo farz qilgan ibodatlarni va rioya qilinişi lozim bölgan odoblarni unutib qöymaslik zarur böladi. Dam olaman, deb hamma narsani, hatto farz bölgan ibodatlarni ham unutib qöyiş aslo mumkin emas.
Barça bilan, xususan, özlariga xizmat qiladigan şaxslar bilan xuş muomalada böliş
Baʼzi dam oluvçilar va sayr qiluvçilar özlariga keragidan ortiq erk berib, mazkur joylarning xizmatçilari va aholisiga nisbatan qöpol muomalada bölişni özlariga ep körişadi. Bunday qiliş mutlaqo mumkin emas. Balki mazkur şaxslar bilan goʼzal muomalada böliş va ularga goʼzal axloq ila örnak böliş kerak.
Öşa joylarda körgan ajoyibotlardan ibrat oliş
Albatta, dam oliş va sayr qiliş uçun yölga çiqqan odam yer yuzida yurar ekan, köplab ajoyibotlarni köradi. Toğu toşlar, daryolar, dov-daraxtlar, ekin-tikinlar, rang-barang gullar va hokazolardan zavq oladi. Yaxşilab tafakkur qilib körgan odam uçun mazkur narsalarda juda köp ibratlar bor.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars

