Ramazon

16-kun: Yöl odobi

Matn6-mart, 2026, 05:023 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

6-mart, juma (16-kun)
Saharlik vaqti: 05:32
Iftorlik vaqti: 18:23 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

YÖL ODOBI

Yölda ketayotgan musulmon odam öz zimmasida yöl haqqini ado etiş burçi borligini zinhor unutmasligi kerak.

Yölda közni noloyiq narsalardan tiyib, birovga ozor bermasdan, boşqa yölovçilar bilan salom-alik qilib, kezi kelganda yaxşilikka çaqirib, yomonlikdan qaytariş lozim böladi.

Musulmon inson yölda ekanida nomahramlarga köz tikmasligi, noşarʼiy narsalarga nazar solmasligi kerak. Agar beixtiyor mazkur narsalarga közi tuşib qolsa ham, darhol boşqa tarafga qaraşi va özini körmaganga olişi zarur.

Musulmon odam hamma joyda, jumladan, yölda ham heç kimga ozor bermasligi matlub. Albatta, bundan faqat birovni uşlab olib uriş yoki sökişgina anglaşilmaydi. Balki yölovçilarga ozor beradigan barça narsalar iroda qilinadi. Misol uçun, quyidagilarni keltirişimiz mumkin:

Yölga uni iflos qiluvçi çiqindilar, pöçoqlar, papiros qoldiqlari, turli qoğozlar va şularga öxşaş narsalarni taşlamaslik. Bir söz bilan aytganda, yölni iflos qilmaslik. Zotan, bizning dinimiz taʼlimotida poklik iymondan ekani qatʼiy taʼkidlangan.

Musulmon kişi odamlarga zarar yetkazadigan va ozor beradigan narsalarni yölda özi bilan olib yurmaydi.

Bundan insonning badaniga, kiyimiga, soğligiga va mol-mulkiga zarar yetkazadigan narsalar közda tutilgan. Misol uçun, turli tiği bor narsalar, qurollar, kiyimga tegsa, yirtadigan yoki iflos qiladigan narsalar, itga öxşaş odamni qörqituvçi, badböy narsalar kabi havoni buzuvçi narsalarni yölda olib yuriş odobdan emas.

Islom taʼlimoti böyiça yölga kişilarga zarar va ozor beruvçi narsalarni taşlaşdan çetlanib qoliş bilan kifoyalanilmaydi. Balki öşa zarar va ozor beruvçi narsalar yölda paydo bölganida, ularni olib taşlaş talab qilinadi. Dinimizda bunday işlarga keng tarğib qilinadi va kişilarga ozor beruvçi narsalarni yöldan olib taşlaş iymon şöbalaridan biri, deb baholanadi.

Yöl odoblaridan biri yordamga muhtoj yölovçilarga yordam berişdir.

Yöl tasodiflarga töla, baʼzi yölovçilar boşqalarning yordamiga muhtoj bölib qolişadi. Mana şunday vaziyatlarning ustidan çiqib qolgan kişilar, agar ehtiyoji bor odamning özi yordam söramasa ham, yordam berişga şoşlişlari kerak. Yölni kesib ötolmay turgan keksa yoki nogiron kişilarga bu işda kömaklaşiş kabi işlar ham savoblidir.

Yöl odoblarining eng muhimlaridan biri yöl va uning yordamçi tarmoqlaridan töğri foydalaniş va bunda öz foydasiga suiisteʼmol qilmaslik.

Mazkur narsalarni suiisteʼmol qilişga heç kimning haqqi yöq. Masalan, birorta odam yöldan bir qariçini ham öziga xoslab, öziniki qilib olişi mumkin emas. Bunday qiliş köpçilikning haqqiga xiyonat qiliş böladi. Umuman, yölni toraytirişga va unda noqulayliklar paydo bölişiga sababçi bölib qolmaslik kerak. Bu kabi masalalar fiqh kitoblarimizda ikir-çikarlarigaça batafsil bayon qilingan.

Yöl odoblaridan biri közni tiyişdir.

Yölovçi şariat harom qilgan narsalardan közini tiyişi lozim. Bunda ayol-qizlarga, avratlarga, uylarning deraza va oçiq eşiklaridan içkariga öğrinça nazar soliş kabilar közda tutilgan. Ayol-qizlarning, agar özlarini odob doirasidan taşqari tutsalar ham, yölda haqlari bor. Demak, ularga nazar soliş, tegajoğlik qiliş, gap otiş kabi işlar şariatda harom qilingandir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek