1-sentabrdan taksiçilar ham özini-özini band qilib işlay boşlaydi
1-sentabrdan taksiçilar ham özini-özini band qilib işlay boşlaydi
Prezident qarori bilan, 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yölovçilarni yengil avtotransport vositalarida taşiş faoliyati özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatiga kiritilişi belgilangan. Bunda:
— litsenziya varaqasini berişda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qöyilgan talab bekor qilinadi;
— majburiy tibbiy va texnik körik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
— özini özi band qilgan taşuvçilardan, şu jumladan yuridik şaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uçun davlat boji miqdori 300 ming söm etib belgilanadi.
Maʼlumot uçun, özini özi band qilgan fuqaro sifatida my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda röyxatdan ötiladi.
👉 @xushnudbek 👈


