Özbekkino Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi

Matn8-aprel, 2021, 11:352 daqiqa0 koʻrish

“Özbekkino” Milliy agentligi Özbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi

Bu haqda Prezidentning tegişli farmoni imzolandi. Farmon matni ÖzAda eʼlon qilindi.

Farmonga binoan:

👉 «Ipak yöli durdonasi» Toşkent xalqaro kinofestivali taʼsis etildi va 2021-yildan boşlab muntazam ötkazib boriladi;

👉 kino sanʼati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boşqaradigan Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmasi nodavlat notijorat taşkiloti taşkil etiladi;

👉 OTMlarning kinematografiya yönalişida taʼlim olayotgan talabalarini qöllab-quvvatlaş uçun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi;

👉 “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimoti har yili anʼanaviy ravişda ötkazib boriladi;

👉 “Kinematografiya fidokori” kökrak nişoni taʼsis etildi.

Şuningdek, davlat buyurtmasi asosida filmlar işlab çiqariş böyiça yangi qoidalar belgilandi, jumladan:

➖har bir film uçun zarur malaka va bilimga ega beş nafar şaxsdan ortiq bölmagan tarkibda alohida maslahatçilar guruhi taşkil etiladi;

➖ davlat buyurtmasi asosida işlab çiqarilgan film bir yil davomida prokatdan topgan foydaning 10 foizi tasvirga olgan kinokompaniyaga beriladi, 15 foizi film ijodkorlari örtasida taqsimlanadi;

➖ kinokompaniyalarga filmni işlab çiqariş jarayonida film byudjetining 10 foizigaça miqdorda naqd pul bilan hisob-kitob qilişga ruxsat etiladi.

👆Milliy seriallar işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş uçun respublika miqyosida faoliyat yurituvçi telekanallarga har yili 12 milliard sömdan kam bölmagan miqdorda subsidiya mablağlari ajratiladi.

Kinoteatrlar tarmoğini rivojlantiriş maqsadida:

✅ Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (şahrida) tarkibida jami örindiqlar soni 250 tadan va kinozallari soni 3 tadan kam bölmagan savdo-köngiloçar komplekslarini quriş uçun tadbirkorlik subyektlariga qişloq xöjaligiga möljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi;

✅ 2021-yil 1-iyuldan boşlab yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-köngiloçar komplekslarida jami örindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 tadan kam bölmagan kinoteatr taşkil etiş majburiy hisoblanadi;

✅ 2024-yil 1-yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qiliş imkonini beruvçi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyişi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni xarid qiliş bilan boğliq xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uçun 50 million sömdan ortiq bölmagan miqdorda davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Farmonning töliq matni bilan ÖzAda tanişişingiz mumkin.
http://uza.uz/posts/255688

👉 @xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek