Talabalar uçun maxsus videoportal işga tuşirildi
Talabalar uçun videodarslardan iborat maxsus videoportal işga tuşirildi
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taʼtil vaqtida talabalarning bilim oliş darajasini masofadan turib qöllab-quvvatlaş maqsadida TAS-IX tamoğida https://tube.edu.uz videoportali işga tuşirildi.
Mazkur videoportalga mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining eng malakali professor-öqituvçilari tomonidan yaratilgan videodarslar muntazam joylaştirib boriladi.
Şuningdek, UZTELECOM kompaniyasi tomonidan tube.edu.uz hamda masofaviy taʼlimga yönaltirilgan dist.edu.uz portallaridan bepul foydalaniş imkoni taqdim etilgan. Yaʼni Uzmobile mobil aloqa kompaniyasi abonentlari hamda Uzonline'ning simli internet abonentlari uşbu portalga kirganda heç qanday megabayt ketmaydi va hisobdan pul yeçilmaydi.
Karantin davomida onlayn darslarni qoldirmang, özingiz uçun bilim olişni töxtatib qöymang.
👉 @xushnudbek 👈
