Şavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi
Matn6-noyabr, 2021, 10:481 daqiqa0 koʻrish
⚡️Şavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi
Özbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Özbekistonning saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev quyidagiça qasamyod qabul qildi.
«Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman».
Qonunçilikka köra, Prezident Oliy Majlis palatalari yiğilişida qasamyodni qabul qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişgan hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈


