Olmaliq şahar hokimi işdan olindi
Öğlining maşmaşalari ortidan Olmaliq şahar hokimi işdan olindi
Bugun Toşkent viloyati Olmaliq şahriga Xamdamov Qobil Murotkuloviç hokim etib tayinlandi. Bunga qadar u Toşkent viloyati hokimining örinbosari edi.
Yiğilişda avvalgi şahar hokimi Usmon Rahimovning öz şaxsiy hayotiga ham eʼtiborli bölişi, oilasiga vaqt ajratişi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy şuğullanişi lozimligi taʼkidlangan.
Eslatib ötamiz, yaqinda Olmaliq şahar hokimining öğli maşinani katta tezlikda haydab, videosini TikTok servisiga yuklagani, şuningdek bir guruh örtoqlari bilan katta yoşli inson va uning öğlini döpposlab, bezorilik qilganiga oid voqealar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



