Nyu-Yorkda yana bir özbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Matn7-aprel, 2020, 10:051 daqiqa0 koʻrish

Nyu-York şahrida yana bir özbekistonlik vafot etdi

2020-yil 6-aprel kuni 1969-yilda tuğilgan mamlakatimiz fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib oliş natijasida mahalliy klinikada vafot etdi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi.

22-mart kuni R.X.da kasallikning birinçi alomatlari qayd etilgan edi, uning soğliği keskin yomonlaşişi munosabati bilan 2-aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, öpkani sunʼiy şamollatiş apparatiga ulandi va sunʼiy komaga tuşirilgan.

Hozirgi paytda Boş konsulxona diasporal taşkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan boğliq taşkiliy masalalarni hal qilmoqda.

«Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya izhor etadi va AQŞda bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vaşington şahridagi Elçixonasi (tel: +1-202-887-5300 (içki.1)) va Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 5-aprel kuni 2 nafar özbekistonlik Nyu-York şahrida koronavirusdan vafot etgani maʼlum qilingandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek