Matematika blokidan informatika fani çiqarib taşlandi

Matn11-iyul, 2019, 14:232 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Informatikaning çiqarib taşlangani borasida ikki oğiz
#abituriyent

Keça Davlat qabul komissiyasining juda uzoq kutilgan 1-son bayoni çiqdi va OTMlarga, tegişli taşkilotlarga tarqatildi.

Öşa bayon bilan 2019/20 yil uçun fanlar majmuasi ham tasdiqlandi.

Majmuada matematika fani ötgan yillardagidek “informatika bilan” degan qöşimçadan xalos böldi. Özi bu miş-miş ança oldin çiqqandi, yaʼni joriy yilda informatikadan savollar bölmasligi ançadan buyon kutilayotgan özgariş edi. Faqat rasmiy tasdiqlanmagan edi.

2014-yildan boşlab fanlar majmuasida Matematika (informatika bilan) deb yozilgan va 4 yil davomida matematika fani blokida 5-6 ta informatikadan ham savol tuşgan. Joriy yilda esa fanlar majmuasiga şunçaki Matematika deb kiritildi.

Ayni mana şu faktorning özi matematika fani blokida informatikadan savol tuşmasligini anglatadi. Yana ham aniqroq bölişi uçun DTM bilan boğlandim va ular ham buni tasdiqlaşdi.

Şu örinda 2 ta joyiga izoh berib ketiş kerak:

Birinçidan, DTMning hududiy boşqarmalari yoki OTM qabul komissiyalari “biz bu haqida eşitmadik, hali bizga rasman körsatma kelmadi” deb javob berayotgan bölişi mumkin. Bu tabiiy hol, çunki bayon matni hali quyi böğinlarga borib yetmagandir. Şu sababli bunaqa javoblardan ikkilanib qolmang.

Ikkinçidan, bugungi kungaça matematika yönalişiga hujjat topşirgan abituriyentlarning qabul varağida “Matematika (informatika bilan)” degan yozuvlar bölgan. Çunki Davlat qabul komissiyasining bayoni keçikkanligi uçun DTM avvalgi yillardagi eski bazadan foydalanib turişga majbur edi. Şu sababli ham bugungi kungaça topşirganlarning arizasida şunaqa yozuv bor. Ammo bu test sinovlarida informatikadan savol tuşişini anglatmaydi. DTM bugun bazani almaştirişga ulgurdimi, yöqmi, bunisini bilmadim-ku, lekin albatta özgarişi aniq.

❗️XULOSA: joriy yilda matematika blokida informatika fanidan savollar bölmaydi. Umuman birorta yönalişda ham informatikadan savol tuşmaydi. Buni DTM vakillaridan ham rasman tasdiqlatib oldim.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing