Magistratura va ijodiy imtihon natijalari keçikmoqda

Matn3-oktabr, 2020, 09:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Javoblar qaçon çiqadi?

Oxirgi yillarda test sinovlarini ötkaziş jarayonidagi ijobiy özgarişlardan keyin korrupsiya elementlari öta yuqori darajada saqlanib turgan yönalişlar - bu magistratura va ijodiy imtihonlar edi. Afsuski subyektivizmning öta yuqoriligi, natijalarni soxtalaştirişning osonligi, imtihon savollarining xavfsizligini taʼminlaş darajasi öta pastligi va h.k. faktorlar bunga asosiy sabab edi.

Buni qarangki, bugun 3-oktabr bölişiga qaramasdan, haligaça joriy yildagi magistratura testlari va bakalavrning ijodiy imtihonlari javobi eʼlon qilinmadi. Haligaça yuz minglab abituriyentlar natijalari na uyoqli, na buyoqli ekanligini bilişmaydi.

Azal-azaldan xalq orasida «javoblar çiqişi qança çözilsa, şunça öyinlar köp böladi» degan naql yuradi. Bu qançalik rost yoki yolğon menga qoronğu, ammo javoblar nima uçun keçikayotganiga masʼullarning biror aniq javobi, vaj-karsoni bormikin özi?

Xöp, heç bölmasa yana qança kutiş kerakligini aytişsin, abituriyentlar şunga qarab iş qilişardi. Ajoyib qabul yili bölyapti-da rostdan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek