Islom taraqqiyot banki Özbekiston uçun yangi jamğarma taşkil etadi
Bugungi kunga qadar Islom taraqqiyot Banki Özbekistonda jami 2,5 milliard dollardan ortiq bölgan 30 ta yirik investitsiya loyihalarini maʼqullagan.
Şuningdek, kuni-keça Özbekistonning yangi loyihasi ham maʼqullandi. Unga köra, Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Podşohligi hukumati kömagida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş jamğarmasi taşkil etiladi. Jamğarma Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş va tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaydi.
Kapitali 500 million dollarga yetkazilişi közda tutilgan jamğarma yoşlar, ayollar va qişloq aholisini tadbirkorlikka jalb qiliş uçun zarur şaroitlar yaratişga kömak beradi.
👉 @xushnudbek 👈



