Xodimlar tavsiyanoma asosida talabalikka qabul qilinadi
Yangi tartib: taşkilotlarning tavsiyanomalari asosida xodimlar test sinovlarisiz talabalikka qabul qilinadi
#abituriyent
Bugun imzolangan Prezident qaroriga asosan, OTMlarga 2019/2020 öquv yilidan boşlab vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalarining (iş beruvçilar) ehtiyojlaridan kelib çiqib, kunduzgi taʼlim şaklining bakalavriat taʼlim yönalişlariga mos bölgan yönalişlar doirasida tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida sirtqi va keçki taʼlim şaklida öqitişni taşkil etiş huquqi berildi.
Bunda, öqişga qabul qiliş tegişli iş beruvçilarning tavsiyasi asosida kamida beş yil iş stajiga ega bölgan xodimlar hisobidan keyinçalik uşbu tizimda beş yil işlab beriş şarti bilan iş faoliyatiga mos bölgan bakalavriat taʼlim yönalişlariga suhbat natijalariga asosan amalga oşiriladi.
P.S.: uşbu tartibning batafsil qoidalari bir oy muddatda işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


