Belarusdagi prezidentlik saylovi va norozilik namoyişlari
Belorusdagi prezidentlik saylovi haqida
Belarusda keça, 9-avgust kuni prezidentlik saylovi bölib ötdi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan dastlabki natijalarga köra, Lukaşenko 81 foiz, Tixanovskaya esa 8 foiz ovoz olgan.
Ammo belarusliklar bunday natijadan norozi bölib, köçalarda namoyişlar ötkazmoqda.
Belarusda internet bilan boğliq çeklovlar paydo böldi, OAVlarning saytlari bloklanib qoldi, Telegram va Viber kabi servislar ham juda yomon işlayapti, aholi VPNdan foydalanmoqda.
Aholi va harbiylar örtasida töqnaşuvlar kuzatilmoqda. Portlaş va öq ovozlari eşitilgan, harbiylar namoyişni tarqatiş uçun közni yoşlantiruvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalanmoqda, ayrim joylarda aholini kaltaklamoqda. Internetda uşbu töqnaşuvlar jarayonida vafot etganlar borligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ayrim joylarda aholi jör bölib harbiylarga qarata «Xalqni himoya qil» deya baqirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan videolardan körinadiki, Kobrin şahrida harbiylar aholiga qarşi bormaslik uçun qurollari va qalqonlarini tuşirgan, bu esa aholi tomonidan olqişlar bilan kutib olingan, hatto odamlar qurolini tuşirgan harbiylarni quçoqlab, rahmat aytişgan.
Saylovlarda 2-örinni olgani aytilayotgan Svetlana Tixanovskaya militsiya va harbiylarga murojaat qilib, kuç işlatmaslikni iltimos qildi: «Men militsiya va harbiylarga ular ham xalqning bir bölagi ekanligini eslatmoqçiman. Şuningdek, saylovçilarimdan ham iltimos - provokatsiyani töxtating, sizga nisbatan kuç işlatiş uçun sabab qoldirmang. Bilaman, belarusliklar ertaga yangi davlat uyğonadi va umid qilamanki, ertaga faqat yaxşi yangiliklar böladi. Iltimos, zöravonlikni bas qiling. Ofitserlar, bilaman, bu qölingizdan keladi», dedi u.
Hozirga kelib, namoyişlar ança tinçigan, faollik kamaygan, odamlar uylariga tarqalgan.
Belarusdagi saylovning yakuniy natijalari 14-avgust kuni eʼlon qilinişi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

