Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tayinlov

Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatçisining örinbosari etib tayinlandi

Matn20-sentabr, 2018, 16:351 daqiqa0 koʻrish

Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatçisining örinbosari etib tayinlandi

Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy taşkilotlarni rivojlantiriş masalalari xizmatining rahbariga örinbosar böldi. Bu haqida, Turon24 agentligi xabar bermoqda (endi siyosiy yangiliklarni ÖzAdan emas, Turondan eşitamiz).

Avval köp yillar Xayriddin Sultonov boşçilik qilgan uşbu Xizmat rahbari lavozimi hozirça vakant qolmoqda. Avgustda Xayriddin Sultonov qayta taşkil etilgan Prezident Adminstratsiyasida prezidentning spiçrayteri etib tayinlangandan söng, uşbu Xizmatni vaqtinça Abdujabbor Abduvohidov boşqarib kelmoqda.

Farhod Mahmudov bu "Baron" filmida rol öynagan aktyor emas, "Axborot" dasturi orqali tanilgan maşhur telejurnalist.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek