Yöl qoidabuzarliklari uçun 12 ballik tizim qanday işlaydi?
❓Yöl qoidabuzarliklari uçun 12 ballik tizim qanday işlaydi?
Bu böyiça muhokamaga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
✅ qoidabuzarliklar uçun 0,3 balldan 2 ballgaça jarima ballari hisoblanadi;
✅ jarima ballari E-jarimaball moduli orqali avtomatlaştirilgan tartibda hisoblab boriladi. Modul 1-mayga qadar işlab çiqiladi.
✅ Haydovçilar özlarining jarima ballari haqidagi maʼlumotlarni uşbu modul va maxsus mobil ilova yoki Yagona portal orqali olişadi. Töplagan har bir ball haqida haydovçiga SMS xabar yuboriladi.
Bunda qoidabuzarliklar uçun quyidagi tartibda jarima ballari belgilaş taklif etilmoqda:
🔹 tormoz tizimi, rul boşqaruvi yoki ulovçi qurilmalari nosoz yoxud tegişli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boşqariş — 0,5 ball;
🔹 foydalaniş man etilgan, davlat raqami belgisi özboşimçalik bilan yeçib olingan transport vositalarini boşqariş — 1 ball;
🔹 belgilanmagan tartibda oynalar tusini özgartiriş, körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatiş (oynalarni qoraytiriş uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno) — 0,5 ball;
🔹 xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazodan keyin bir yilda takror sodir etilsa — 1 ball;
🔹 sababsiz signal çaliş, belgilanmagan tovuş çiqaruvçi va yorituvçi qurilmalarni örnatiş — 0,5 ball;
🔹 tezlikni soatiga 20 kilometrdan köp bölmagan kattalikda oşiriş — 0,5 ball;
🔹 tezlikni soatiga 20 kilometrdan 40 kilometrgaça oşiriş — 1 ball;
🔹 tezlikni soatiga 40 kilometrdan 60 kilometrgaça oşiriş — 1,5 ball;
🔹 tezlikni soatiga 60 kilometrdan ortiqqa oşiriş — 2 ball;
🔹 svetoforning taqiqlovçi signali yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasiga böysunmaslik — 1 ball;
🔹 tezkor va maxsus xizmatlarning tösiqsiz ötib ketişiga xalaqit beriş — 0,5 ball;
🔹 yölning qarama-qarşi tomoniga çiqiş, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş uçun özga çoralarni körişga majbur qiluvçi huquqbuzarlikni sodir etiş — 2 ball;
🔹 töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buziş — 0,3 ball;
🔹 odam taşiş qoidalarini buziş — 0,5 ball;
🔹 avtobus yoki mikroavtobuslarda IIO xodimlari hamrohligisiz odam taşiş, agar ularning hamrohligida odam taşiş şart bölsa — 0,5 ball;
🔹 quvib ötiş qoidalarini buziş — 1,5 ball;
🔹 avariya holatini keltirib çiqaruvçi guruh bölib harakatlaniş — 2 ball;
🔹 temiryölning ötiş joylaridan ötiş qoidalarini buziş — 1 ball;
🔹 YTH qatnaşçilarining hodisa joyidan ketib qolişi — 2 ball.
✅ Agar haydovçi 12 oy içida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyingi davrda birinçi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uçun birinçi jarima balli hisoblanmaydi.
✅ Oxirgi qoidabuzarlik uçun jarima balli hisoblangandan keyin 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etilmasa, umumiy jarima ballaridan 2 ball ayirib taşlanadi. Bunda ularning umumiy jarima ballari 2 balldan kam bölgan taqdirda, barça jarima ballari olib taşlanadi.
✅ Haydovçilar jarima ballari böyiça tegişli tartibda YHXX huzuridagi Maʼmuriy amaliyot markazi va hududiy markazlarga murojaat qilişlari mumkin.
Şunga köra, ularning murojaatlari qanoatlantirlişi yoki rad qilinişi mumkin.
🗓 Mazkur qaror 2025-yil 1-maydan eʼtiboran kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈


