Yevropada 13 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi taqiqlanişi mumkin
🇪🇺Yevropada 13 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi taqiqlanişi mumkin
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen 16-sentyabr kuni Yevropa parlamentida qilgan yillik murojaatida bu boradagi rejalarni maʼlum qildi.
Unga köra, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda 13 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni töliq taqiqlaş taklif etilmoqda. 15 yoşgaça bölganlarga şaxsiy akkaunt oçişga ruxsat berilmaydi. 13 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalarga faqat ota-ona yoki vasiy tomonidan oçilgan akkauntlardan nazorat ostida 1 soatlik çeklov bilan foydalanişlari mumkin.
15-18 yoşli ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlarning özi platformalarini xavfsiz dizaynga keltirişi kerak böladi.
“Farzandlarimizga ulğayiş, boşqalar bilan birga ösiş, haqiqiy hayotga xos bölgan barça his-tuyğular, tanlovlarga yuzma-yuz kelişlari va hatto ular zerikişi uçun ham vaqt kerak”, — deydi Ursula fon der Lyayen.
Qayd etiş joiz, avvalroq 🇦🇺Avstraliyada 16 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi taqiqlangandi. 🇬🇧Buyuk Britaniyada esa bu boradagi taqiq 2027-yil bahoridan kuçga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



