Yevropa çempionlar ligasi finalida Inter hamda PSJ jamoalari özaro kuç sinaşadi
Yevropa çempionlar ligasi finalida 🇮🇹 Inter hamda 🇫🇷 PSJ jamoalari özaro kuç sinaşadi.
Inter öta dramatik va fantastik bahsda Barselona ustidan irodali ğalabaga erişgan bölsa, PSJ yarim finalda Arsenalni unça qiynalmasdan mağlub etdi.
✅ Final bahsi Myunxen şahridagi “Allianz Arena” stadionida 31-may, şanba kuni soat 23:59 da boşlanadi.
Qiziq fakt: 21 yillik tanaffusdan söng ilk marta Ispaniya, Angliya va Germaniya jamoalari finalda öynamayapti. Oxirgi marta bunaqasi 2004-yilda bölgandi. Öşanda Portu (Portugaliya) hamda Monako (Fransiya) finalda öynagan.
Yana bir qiziq fakt: 1993-yil Myunxenda Italiya va Fransiya jamoalari finalda töqnaş kelgan. Öşanda Marsel jamoasi Milan ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozongan.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


