Yaponiya maktablari haqida (2-qism)
Yaponiya maktablari haqida (2-qism)
• Siz, albatta, maktab uçun randoser (maxsus ryukzag) sotib olişingiz kerak, bu 6 yil davomida foydalaniladigan professional maktab sumkasi, narxi har xil, lekin qimmat. Bizga taxminan ming dollarga tuşgan (1-rasm).
• Yaponiyada odatda hamma 1-sinfga 6 yoşida boradi;
• Maktablarda keksa yoşdagi köngilli-volontyorlar işlaşadi. Ular yaxşi politsiyaçi vazifasini bajarişadi;
• Ular maktabni qöriqlaydi, bolalar xavfsizligini nazorat qilişadi, velosipedlarida patrullik qiladi, tartibni taʼminlaydi (izoh: Janubiy Koreyada ham şunaqaligini mana bu yerda aytgandik);
• Maktablarda xavfsizlik maqsadida öquvçilarga huştak va maxsus ovozli moslamalar beriladi. Mabodo, kimdir köçada tegajoğlik qilmoqçi bölsa yoki boşqa xavfli vaziyat tuğilsa, öquvçi moslamani işga tuşiradi, undan qattiq signal çiqadi, şunda patrullar yoki atrofdagi boşqa odamlar buni eşitib, bolani qutqarişga şoşiladi (2-video);
• "Menga yoqadigan joyi, Yaponiyada ota-onalarning [WhatsApp yoki Telegramda] umumiy çat-guruhi yöq🤪", - deydi muallif.
• Öquvçilarni ertalab maktabga olib boriş ota-onalarning zimmasida, lekin darsdan keyin ularni uyigaça kuzatib qöyişni maktab maʼmuriyati tartib bilan taşkil qiladi. Ota-onalar esa uyida kutib oladi. Öquvçilar darsdan keyin taxminan 10 kişilik guruhlarga bölingan holda uyiga qaytişadi. Yöl-yölakay uyi yaqinlarni qoldirib, keyingilarga ötib ketişadi;
• Darsdan uyga qaytişda qatʼiy qoidalar mavjud va bu barça bolalarning quloğiga quyiladi:
Yölda dökonga kirmaslik, döstlarining uyiga bormaslik, begonalar bilan gaplaşmaslik, yölda ovqatlanmaslik yoki biror narsa sotib olmaslik, heç qayerga töxtamasdan töğri uyga boriş şart.
• Agar, Xudo körsatmasin, bola darsdan uyga qaytmasa, bunga maktab javobgar böladi. Bunday vaziyatlarda hamma oyoqqa turadi: köngillilar, öqituvçilar, politsiyaçilar va h.k.
• Bu yerda maktab taʼtillari juda qisqa. Yozgi taʼtil atigi 28 kun davom etadi, tamom.
👉 @xushnudbek 👈



