Yangiyöl elektr va gaz taʼminoti böyiça namunaviy tumanga aylantiriladi
❗️Yangiyöl elektr va gaz taʼminoti böyiça namunaviy tumanga aylantiriladi
Tuman aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror taʼminlaş böyiça maxsus ştab taşkil etiladi. Unga energetika vaziri Şerzod Xodjayev boşçilik qiladi, tuman hokimi Sanʼat Jumaniyozov esa uning örinbosari böladi.
Masʼullar ikki hafta içida tumandagi 51 ta mahallaning elektr va gazga bölgan oylik, çoraklik hamda yillik ehtiyojini örganib, “energiya isteʼmoli balansi”ni şakllantiradi.
Şundan kelib çiqib, qaysi hududda transformator va gaz taqsimlaş qurilmalarini yangilaş, qayerda yangi tarmoqlar tortiş zarurligi belgilanadi. Şuningdek, elektr va gazdagi yöqotişlarni 2 barobar kamaytiriş böyiça alohida dastur işlab çiqiladi.
Köp qavatli uylarning isitiş tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etiş böyiça köçama-köça iş olib boriladi. Barça işlar 1-oktyabrgaça yakunlanib, tuman soha böyiça namunaviy hududga aylantiriladi.
👉 @xushnudbek 👈

