Endilikda, «Yangi Özbekiston» universitetining baholaş tizimi oliygohlarda ham yölga qöyiladi
Endilikda, “Yangi Özbekiston” universitetining baholaş tizimi oliygohlarda ham yölga qöyiladi.
Moliyalaştiriş oliygohlar töplagan ballariga qarab amalga oşiriladi.
Oliygohlarga bitiruvçilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uçun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotişiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uçun – 20 ball; tadqiqotlar uçun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uçun 10 ballgaça beriladi.
Masalan, Qarşi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini töplasa, bu yilgi byudjetdan berilayotgan 78 milliard sömga qöşimça 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam töplasa, keyingi öquv yiliga moliyalaştiriş qisqaradi.
Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va sanʼat, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yönalişidagi amaliy oliygohlar bilan tenglaştirib bölmasligi qayd etildi.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga reyting mezonlarini işlab çiqişda buni ham hisobga oliş topşirildi.
👉 @xushnudbek 👈
