Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bölsa, uning talabalari taqdiri nima böladi?
Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bölsa, uning talabalari taqdiri nima böladi?
#abituriyent
Oxirgi vaqtlarda nodavlat oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirgan yoki kirmoqçi bölgan köpçilikni şu savol qiziqtirmoqda.
❓Savol: Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bölişi mumkinmi?
✅ Javob: Ha mumkin. Faoliyatida qonunbuzilişi holatlariga yöl qöygan xususiy OTMning litsenziyasi vakolatli organning talabi bilan bekor qilinişi mumkin.
❓Savol: Bunday hollarda şu OTMda öqib turgan talabaning taqdiri nima böladi?
✅ Javob: Talabalik maqomini yöqotmaydi.
Ilgari qonunçilikda bunga oid aniq qoida mavjud emasdi, boşqaçaroq aytganda bu qonunçilikdagi böşliq edi. Prezidentning şu yil 3-iyuldagi PQ–200-son qaroriga muvofiq, litsenziyasi bekor qilingan taʼlim taşkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida öqiyotgan talabalarga öqişini davlat va nodavlat taʼlim taşkilotlarining mos va turdoş taʼlim yönalişlari va mutaxassisliklariga köçiriş huquqi berildi.
Yaʼni biror nodavlat OTMning litsenziyasi bekor bölsa va yopilib ketsa, öşa yerda tahsil olayotgan talabalar DAVLAT va NODAVLAT taʼlim muassasalariga "perevod" qilişi mumkin. Bu risklarni biroz bölsa-da kamaytiradi.
💬 P/S: Albatta, şaxsan men birorta nodavlat OTM yopilmasligi tarafdoriman, çunki endi oyoqqa turayotgan xususiy taʼlim imidji uçun bu katta zarar böladi, xalqimiz xususiy taʼlimdan yanada köproq xavotirlanişni boşlaydi. Ammo hayotda hamma narsa bölişi mumkin va şunaqa kutilmagan holatlar uçun ham qonuniy yeçim yaratib qöyişdi, şunisi yaxşi böldi.
👉 @xushnudbek 👈
