Xususiy maktab va boğçalarga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari oçişga ruxsat beriladi
Xususiy maktab va boğçalarga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari oçişga ruxsat beriladi
Şavkat Mirziyoyev keça, 4-fevral kuni bu böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Unga köra, quyidagilar rejalaştirilmoqda:
➖ Maktabgaça taʼlim tizimida öyinga asoslangan taʼlim modeli joriy etilib, bolaning tabiiy qobiliyati va qiziqişlarini hisobga olgan holda taʼlim-tarbiya jarayoni taşkil qilinadi;
➖ 2026-2028-yillarda har bir hududda 120 örinli “Yangi avlod” davlat boğçalari hamda ularning tarkibida Bolalarni rivojlantiriş innovatsion markazlari taşkil etiladi. Mazkur boğçalarda qöşimça rahbar hamda tarbiyaçi-yöriqçi ştatlari joriy qilinib, rahbar va pedagog xodimlarga 20 foiz miqdorida har oylik ustama tölanadi;
➖ Amalda işlab kelayotgan örta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uçun dual taʼlim (“5+1”) asosida bakalavrlar tayyorlaş tizimi joriy etiladi;
➖ 2027/2028-öquv yilidan boşlab maktabga tayyorlov guruhlarida öqigan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi, mazkur maʼlumotlar umumiy örta taʼlim töğrisidagi şahodatnomada qayd etiladi;
➖ Maktabgaça taʼlimda qamrov darajasi 80 foizdan past bölgan tuman va şaharlarda (Toşkent şahri bundan mustasno) tadbirkorlar uçun quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 maktab va boğçalar hududidagi böş yer maydonlarida davlat-xususiy şeriklik asosida boğçalar taşkil etilganda, ijara tölovlari 30 yilgaça undirilmaydi;
🔹 har bir tarbiyalanuvçi uçun davlat boğçalarida bir bolaga töğri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;
🔹 uşbu tartib 2024-yildan taşkil etilgan nodavlat boğçalarga ham tatbiq etiladi;
🔹 qamrov darajasi past hududlarda boğça va maktabdan taşqari joylarda quvvati kamida 150 örinli nodavlat boğçalar taşkil etilsa, 7 yilgaça muddatga 5 milliard sömgaça imtiyozli kreditlar ajratiladi;
🔹 tarbiyaçilarga oylik iş haqi tölaş xarajatlari davlat boğçalarida belgilangan meʼyorlar asosida uç yil davomida qoplab beriladi. Har 30 nafar bolaga bir nafar tarbiyaçi ştati hisoblanadi.
🔹 mazkur imtiyozlar yangi köp kvartirali uylarning birinçi qavatida taşkil etiladigan xususiy boğçalarga ham tatbiq etiladi;
🔹 bundan taşqari, 2030-yil 1-yanvarga qadar quvvati 150 örindan kam bölmagan nodavlat boğçalar taşkil etgan tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliq stavkasi böyiça yengilliklar beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



