Xotin-qizlar uçun beriladigan tavsiyanomalarning amal qiliş muddati tuşuntirildi
Töldirilgan va tuzatilgan izoh:
#abituriyent
5 yil stajga ega xotin-qizlar uçun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uçun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.
❗️ESLATMA: ötgan yili 5 yil staji borligi uçun tavsiyanoma olgan, lekin öqişga kira olmagan xotin-qizlar yana tavsiyanoma olişi şart emas. Ötgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuçga ega, öşa bilan topşirişlari mumkin.
Ötgan yili tavsiyanoma olib, öqişga kirganlarning tavsiyanomasi esa öz kuçini yöqotgan, yaʼni kuygan böladi.
‼️ESLATMA-2: ötgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar esa yana qayta ariza yuborişlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bölgani uçun joriy yilda ötmaydi.
ℹ️ Maʼlumot uçun: bir kişi ikkala tavsiyanomani olişi ham mumkin, şartlariga töğri kelsa böldi.
👉 @xushnudbek 👈
