Tezkor

Xorijdan öqişni köçiriş böyiça test sinovlari 23-25-avgust kunlari ötkaziladi

Matn20-avgust, 2022, 17:471 daqiqa0 koʻrish

⚡️ Xorijdan öqişni köçiriş böyiça test sinovlari 23-25-avgust kunlari ötkaziladi

📆 Talabalar öqişini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, şuningdek Özbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga köçiriş böyiça test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bölib ötadi.

✅ Test sinovlari oçiq maydonlarda taşkil etiladi va 23-avgust kuni boşlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00-dan 11:00-ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00-dan 21:00-ga qadar bölib ötadi.

⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan böyiça ötkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topşiriği va ularni işlaş uçun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 189 ball bölib, har bir töğri javob uçun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olişlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi ötkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin şaxsini tasdiqlovçi hujjat va test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnoma bilan kelişlari söraladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek