Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Şahnoza Soatova töğri aytyapti, bizga vatanparvarlikni kuçaytiradigan videolar kerak

Video15-fevral, 2024, 12:256 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şahnoza Soatova töğri aytyapti, bizga vatanparvarlik va milliy ğurur tuyğusini kuçaytiradigan videolar köproq kerak. Taʼsirli kontentlar zarur. Körganda etlarimiz jimirlab, qonlarimiz köpirib, yuraklarimiz dukurlaşi özimizga eşitilişi kerak. Kinolar, seriallar, kliplar, podkastlar, tok-şoular, roliklar, vaynlar, rilslar va h.k.

Bilmadimu, lekin menimça, qozoqlar bu borada bizdan ança oldindadek.

Masalan, vatanparvarlik mavzusida Ozodbek Nazarbekovning 6-yil oldingi “Mendirman” qöşiği va klipidan keyin, hali bu darajada taʼsirli boşqa klip körmadim. Yoki Yulduz Usmonovaning “Heç kimga bermaymiz seni, Özbekiston”, Sevara Nazarxonning “Uluğimsan, Vatanim” kabi qöşiqlariga ham 20 yillar böldi. Örnini bosadigani çiqmayapti. Öldim-kuydim, bevafo yorga aldandim yoki töybop qöşiqlardan ortmayapmiz. Vatan haqidagi asarlar ham köp, ammo ular nomiga, qöl uçida yaratilayotgandek.

Bu haqda jiddiy öylaşimiz kerak. Ayniqsa, bu hozirgi davrda juda muhim.

‼️Muammolarimiz bormi — bor. Köpmi — köp. Lekin bu Vatanimizni sevişimiz uçun xalaqit bermaydi. Lekin bu boşqa davlatlar bizning içki işlarimizga aralaşişi va aql örgatişiga huquq bermaydi. 🇺🇿Özbekiston bizniki, uning hayoti ham, har bir qariç yeri ham, yutuği va muammosi ham özimizniki. Bu yurtdagi har bir masalani, biz — özbeklar, özimiz hal qilamiz. Tamom! Bu borada boşqa muhokamaga örin yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek