Vanihoyat! Paxta xom aşyosi işlab çiqarişga davlat buyurtmasini bekor qiliş haqida qaror imzolandi
Vanihoyat! Paxta xom aşyosi işlab çiqarişga davlat buyurtmasini bekor qiliş haqida qaror imzolandi
Prezidentning "Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida" gi qarori qabul qilindi.
Unda, birinçidan, 2020-yil hosilidan boşlab:
davlat tomonidan paxta xom aşyosi işlab çiqariş va sotiş rejasini belgilaş amaliyoti bekor qilinadi;
paxta xom aşyosining xarid narxini belgilaş amaliyotidan voz keçiladi;
paxta xom aşyosi yetiştiruvçilarga rayonlaştirilgan navlarni erkin tanlaş huquqi beriladi;
sertifikatlangan uruğlik yetkazib beriş tizimi saqlab qolinadi.
Ikkinçidan, paxta-töqimaçilik klasterlari taşkil etilmagan hududlarda paxta tozalaş korxonalari iştirokida fermer xöjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi taşkil etiladi.
Uçinçidan, paxta xom aşyosi yetiştiriş va qayta işlaşni kreditlaşning yangi mexanizmi joriy etiladi.
⚡️Törtinçidan, “Özpaxtasanoat” AJni tugatiş çoralari köriladi.
Beşinçidan, jahon bozori narxlari tahlilidan kelib çiqib har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil hosili uçun kutilayotgan (indikativ) narxlar eʼlon qilinişini hamda bozorlardagi narxlar özgarişidan kelib çiqib, har çorakda uşbu narxga tuzatişlar kiritiş amaliyoti joriy etiladi;
Oltinçidan, paxta tolasi Respublika tovar-xomaşyo birjasida boşlanğiç birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boşlanğiç narx şakllanişida 10 % çegirma qöyiş bekor qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


