Fikr

Uzum va Click birlaşişi haqida

Matn27-iyun, 2023, 16:001 daqiqa0 koʻrish

Uzum va Click birlaşişi haqida

Tan oliş kerak, Özbekiston fintex bozorida ança rivojlanib ketdi. Elektron tölov tizimlari kundalik hayotimizga aylanib qoldi. Natijada bozor kattalaşdi, katta bozor bor joyga yirik investorlar, yaʼni “katta öyinçilar” ham kirib kelişi tabiiy.

Masalan, yaqindagina Gruziyaning TBC banki Payme tölov tizimini töliq sotib olgandi. Endi esa ularga raqobatçi sifatida Uzum hamda Click tölov tizimi birlaşayotgani haqida xabarlar çiqdi.

Katta kompaniyalarning birlaşişi odatda uzoq jarayonlarni talab etadi, şunçaki bir kunda “biz birlaşdik” deb eʼlon qiliş kifoya emas. Hali bir dunyo hujjatlar töplamini işlab çiqiş kerak, investitsiyaviy va moliyaviy tekşiruvlar ötkazişi kerak, barça ikir-çikirlarini kelişib oliş kerak va h.k. Şundan söng yana bir majburiy talab böladi: barça tegişli hujjatlarni Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga topşiriş şart.

Rasmiy talablar öz yöliga, lekin birlaşayotgan yirik kompaniyalar öz mijozlari uçun kelgusi rejalari va özgarişlar haqida oldindan batafsil xabar berib turişlari maqsadga muvofiq, çunki isteʼmolçilar ularni nima kutayotganini bilişga haqli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek