Sport

Uraaa!!! Javohir Sindarov bugun ham ğalaba qozondi! Fabiano Karuana taslim etildi!

Foto1-aprel, 2026, 21:091 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Uraaa!!! Javohir Sindarov bugun ham ğalaba qozondi! Fabiano Karuana taslim etildi!

FIDE Nomzodlar turnirida 🇺🇿Javohir uçinçi ğalabasini qölga kiritdi. U bugungi finalga teng bahsda oq donalarda ğoliblikka eng asosiy nomzod 🇺🇸Fabiano Karuanani 36 ta yurişda mağlub etdi. Partiya juda çiroyli böldi, oçiğini aytganda Javohir noodatiy kombinatsiyalari bilan raqibini töliq tor-mor qildi, desak ham böladi.

Şunday qilib, hamyurtimiz 4 ta turdan keyin 3,5 oçko bilan turnirda yakka peşqadam bölib oldi.

👏Barakalla, Javohir! Qoyillarimiz!

Ertaga tanaffus, öyinlar ötkazilmaydi. 5-tur 3-aprel kuni davom etadi. Unda Javohir qora donalarda Hikaru Nakamura bilan öynaydi.

Hozirça eyforiyaga berilmaymiz, xotirjamlikni saqlaymiz. Hali turnirda yana 10 ta partiya bor. Lekin öz navbatida bu ğalabalarni qanaqadir sensatsiya, deb ham qabul qilmaymiz, Javohir aslida bu ğalabalarga qodir formada ekanligiga işonamiz. Bu qandaydir omad yoki fantastika emas, bu tinimsiz mehnatlar natijasi.

Alloh oxirigaça madadkor bölsin!

👉 @xushnudbek 👈

  • 28 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek